O‘zbek qizlarining oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari qanday? (infografika)
«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari va ma’naviy-psixologik tayyorgarlik holati natijalarini e’lon qildi.
16 yoshdan oshgan 1400 nafar qiz o‘rtasida so‘rovnoma uyushtirilib, ularga bir nechta savollar berildi. Savollar va ularga berilgan javoblarni yuqoridagi infografikada o‘qishingiz mumkin.
Tadqiqot natijalaridan shunday xulosaga kelindi: Yoshlarimiz mustahkam oila qurishni astoydil xohlaydilar, lekin oila haqidagi bilimlari yetmaganlikdan oilada vujudga keladigan muammolarni yechishda qiyinchiliklarga uchraydilar. Qizlarni kelajakda mustahkam oilani barpo etishlarida zarur bo‘ladigan bilimlar bilan qurollantirish zarurdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter