O‘zbek-qirg‘iz chegarasida maxfiy tunnel topildi
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari 20 may kuni Qorasuv tumanidagi Telman qishlog‘ida 270 metrli maxfiy lahmni aniqlashgan.
Tunnel 15 metr chuqurda qazilgan bo‘lib, kirish yo‘laklari 1,8 m.ga 1,5 metr. O‘zbekiston chegarasigacha bo‘lgan masofa esa 40 metrni tashkil qiladi.
Mazkur yer ukastkasi egasiga nisbatan qayta surishtiruv ishlari o‘tkaziladi. Chunki ayni paytda bu shaxs Jalolobod viloyatidagi ruhiy xastaliklar shifoxonasida davolanayotgani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter