O‘zbek kinosi «Oskar»ga da’vogarlik qilmoqda
Rejissyor va ssenariychi Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi «Oskar» kinomukofoti nomzodlarining kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritildi.
Ushbu kino «Chet tilidagi eng yaxshi badiiy film» nominatsiyasiga qo‘yilgan. Bundan tashqari, bu nominatsiyada 93 ta davlatdan ham kartinalar topshirilgan.
«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi 2020 yilda suratga olingan bo‘lib, unda o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda bo‘lib o‘tgan siyosiy voqealar bir oila misolida ochib beriladi.
Ushbu film o‘tgan yili MDH davlatlari o‘rtasida o‘tadigan «Moskovskaya premera» tanlovida gran-prini qo‘lga kiritgan. Bu yil martda esa Osiyo kinosi butunjahon festivalida muxlislarga yoqqan eng yaxshi film bo‘lgan.
«Oskar» mukofotining qisqartirilgan nomzodlar ro‘yxati 21 dekabrda e’lon qilinadi. 94-marta o‘tkaziladigan marosim esa 2022 yil 8 fevralda bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter