O‘zbek futbolchisida koronavirus aniqlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Belarusning BATE klubi futbolchisi Shahboz Umarovda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig‘ini uchun chaqirilgan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatiga Shahboz Umarov ham kiritilgandi. Biroq Shahboz koronavirusga chalingani sabab terma jamoa ixtiyoriga yetib kela olmadi.
Eslatib o‘tish kerak, Shahboz Umarov 2 kun oldin Belarus chempionati 28-turida «Dinamo» Minskka qarshi o‘yin (1:1)da to‘liq harakat qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter