Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek-afg‘on chegarasida Buxoro bug‘usi o‘qqa tutildi

O‘zbek-afg‘on chegarasida Buxoro bug‘usi o‘qqa tutildi

Foto: Gazeta.uz

O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasida Qizil kitobga kiritilgan jonivorlarning brakonerlar tomonidan noqonuniy ovlanishining oldi olindi, deya xabar qildi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari «Gazeta.uz»ga.

31-may kuni kechqurun chegarachilar o‘q ovozini eshitib, va Afg‘oniston bilan chegarada qamishlar oralab qochayotgan bug‘uni payqashdi. Hodisa joyini vizual kuzatish jarayonida chegarachilarni payqagan uch nafar noma’lum shaxsning Afg‘oniston hududida yashiringani qayd etildi.

Hodisa joyi tekshirilganda, otib, nimtalangan bug‘u va undan uzoq keta olmagan bolasi aniqlandi. Harbiy xizmatchilar jonivorni chegara postiga olib ketdi. Ayni paytda bug‘u bolasi chegarachilar nazorati ostida.

Jonivor Buxoro (to‘qay) bug‘usi hisoblanib, Markaziy Osiyodagi to‘qay o‘rmonlari va suv havzalari qirg‘oqlarida yashaydi, Qizil kitobga kiritilgan. 1999-yilda ular soni 400 boshni tashkil etgan bo‘lsa, ayni paytda 1600 boshdan oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring