«O‘zavtoyo‘lbelgi» korxonasi budjetdan 2,7 mlrd so‘m mablag‘ni «uxlatgan»
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi «O‘zavtoyo‘lbelgi» davlat unitar korxonasi faoliyatida korrupsion sistema fosh qilindi.
«Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq, «O‘zavtoyo‘lbelgi»ga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan eng yaxshi taklif orqali mahsulotlarni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni tanlov savdolarini o‘tkazmasdan tuzishga ruxsat berilgan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlanishicha, DUK mansabdor shaxslari yuqoridagi imtiyozlardan g‘araz maqsadlarda foydalanib, 2021-2022-yillarda o‘zlariga tanish bo‘lgan 5 ta mahalliy MChJ bilan jami 9 mlrd 193 mln so‘mlik 21 ta shartnoma tuzib, ulardan yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 mlrd 701 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilishgan.
Holat yuzasidan «O‘zavtoyo‘lbelgi» DUK va 5 ta MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter