«O‘zavtosanoat»: avtomobillar narxi oshirilmaydi

Bugun, 1-avgust kuni «O‘zavtosanoat» AJ saytida avtomobillar narxi oshirilmasligi haqida xabar chiqdi. Ammo biroz vaqt o‘tib, ushbu ma’lumot rasmiy saytdan o‘chirildi.
Hozir esa «O‘zavtosanoat» AJ sayti umuman ishlamayapti.
Bu xakerlik hujumi edimi yoki texnik nosozlik? Narxlar rostdan ham oshirilmaydimi yoki noto‘g‘ri ma’lumot tarqatildimi?
«Xabar.uz» vaziyatga aniqlik kiritishga urindi. «O‘zavtosanoat» matbuot xizmatining tasdiqlashicha, haqiqatda avtomobillar narxini oshirmaslikka qaror qilingan. Ammo bu xabarning saytdan nega o‘chirilganiga izoh berilmadi. Saytda esa texnik nosozlik kuzatilayotgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, «GM Uzbekistan» mashinalari narxi oshishi haqida «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov Xalqaro Press klub sessiyasida ma’lum qilgan edi. Biroq mashinalarning oshirilgan narxlari ro‘yxati (praysi) rasman tarqatilmagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter