Ozarbayjonga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat
O‘zbekistonning Boku shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tezkor shtab qarori bilan ushbu davlatdagi maxsus karantin rejimi 2022-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qiladi.
Amaldagi qoidalarga ko‘ra, hozirgi vaqtda O‘zbekiston fuqarolari Ozarbayjon hududiga kirishi uchun pasport turidan (xorijiy, diplomatik) qat’i nazar, o‘zlari bilan birga quyidagilarni olishlari kerak:
- Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tezkor shtabning maxsus ruxsatnomasi. Ushbu ruxsatnomani rasmiylashtirish to‘g‘risidagi so‘rov belgilangan tartibda qabul qiluvchi tomon tarafidan oldindan, ya’ni Ozarbayjonga jo‘nab ketishdan 14 ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda Tezkor shtabga jo‘natilishi zarur. Shu bilan birga, arizaning mavjudligi ruxsat olishni kafolatlamaydi xamda ruxsatnomaning berilishi – Ozarbayjonga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Davlat chegara xizmatining tegishli ro‘yxatlarga o‘z vaqtida kiritilishni ta’minlanmasligi mumkin;
- Ozarbayjonga jo‘nashdan oldin so‘nggi 72 soat mobaynida olingan COVID-19 aniqlash uchun PZR-testinig salbiy javobi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma. Chegaradagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha tekshiruvlardan va aeroportda rasmiyatchiliklardan aylanib o‘tish imkonini beruvchi QR-kod bo‘lishi ma’qul (QR-kodi mavjud bshlmagan ma’lumotnomalar egalari Boku shahrining aeroportida batafsil tekshiruvdan o‘tadilar);
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter