Ozarbayjondan O‘zbekistonga aviareyslar soni keskin oshadi
Oktyabr oyidan boshlab Ozarbayjonning AZAL milliy aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Parvozlar haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari tashkil etiladi.
Shuningdek, «Ozarbayjon havo yo‘llari» tomonidan «Boku-Toshkent-Boku» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 5 martagacha oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev kecha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida xorijiy davlatlardan aviareyslarni ko‘paytirish vazifasini qo‘ygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter