Ozarbayjonda prezident saylovi nihoyasiga yetdi

Bugun, 11-aprel kuni Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda amaldagi prezident Ilhom Aliyev 80 foizdan ortiq ovoz to‘plagan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va yana bir bora mamlakat prezidenti etib saylandi. Bu haqda Fransiyaning «Yevropa 1» radiosi xabar bermoqda.
15 yildan buyon hokimiyat tepasida qolayotgan Ilhom Aliyev Ozarbayjonning «ELS Independent Research Center» ijtimoiy tadqiqotlar instituti hisob-kitobiga 82,7 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Fransiyaning «OpinionWay» tadqiqotlar markazi esa uning 86,5 foiz ovoz to‘plaganini ma’lum qilgan.
56 yoshli Ilhom Aliyev ilk bora 2003-yilda otasi Haydar Aliyevdan keyin mamlakat prezidenti etib saylangan edi. Bu safargi saylovlardagi g‘alabasidan keyin u mamlakatni 2025-yilgacha boshqaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter