Ozarbayjon sog‘liqni saqlash vaziri SamDTUga tashrif buyurdi

Joriy yilning 17 avgust kuni Ozarbayjon sog‘liqni saqlash vaziri Temur Musayev Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori Jasur Rizayev kutib oldi.
Tashrif davomida mehmonlar SamDTUning yangi binosi hamda unda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv va laboratoriya xonalari, ularning jihozlanishi va dars mashg‘ulotlarining tashkil etilish tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar universitet tarixi muzeyiga ham tashrif buyurib, Samarqand davlat tibbiyot universiteti tarixi haqida ham ma’lumot olish imkoniyatiga yega bo‘ldilar. Shuningdek, SamDTU hamda Ozarbayjon tibbiyot oliygohlari bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Tashrif so‘nggida SamDTU rektori Jasur Rizayev mehmonlarga universitet ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter