Ozarbayjon-Armaniston chegarasida yana janglar boshlanib ketdi
Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyat yana keskinlashdi, ikki tomonga ham artilleriya qurilmalarida o‘q uzilmoqda, ikki tomon ham birini-birini vaziyatni keskinlashtirishda ayblamoqda.
Armaniston rahbariyatiga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘ tomon hujum uyushtirgan. Xususan, Stepanakertga «Grad» reaktiv tizimida zarbalar berilgan. Armaniston mudofaa vazirligi Ozarbayjonning ikki harbiy vertolyoti va uchta uchuvchisiz apparati urib tushirilganini ma’lum qilgan.
O‘z navbatida, Ozarbayjon mudofaa vazirligi Armaniston tomonidan zarbalar bo‘lganini ma’lum qildi. Tinch aholi o‘rtasida qurbonlar borligi, aholi infratuzilmasi ob’yektlariga ziyon yetkazilgani aytilmoqda.
Ikki mamlakat o‘rtasida 2020-yilning iyul oyida ham qurolli nizo chiqib, bir necha hafta davom etgandi. O‘shanda rasmiy Boku 12 nafar ozarbayjonlik harbiy, jumladan, bir general halok bo‘lgani haqida bayonot bergandi. Armaniston esa olti nafar harbiy halok bo‘lgani, to‘qqiz nafar harbiy va va bir nafar tinch aholi vakili jarohat olganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter