O‘z qizini sotishga uringan ota ushlandi
Surxondaryo viloyati Angor tumanida o‘z qizini 35 million so‘mga sotayotgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Angor tumanida 1969 yilda tug‘ilgan I.Z. o‘zining shar’iy nikoh asosida 2019 yildan buyon birga yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i, 1994 yilda tug‘ilgan X.S.ning 2023 yilning 17 iyul kunida tug‘ilgan qizi B.Z.ni 35 000 000 so‘mga sotmoqchi bo‘lgan.
19 iyul kuni soat 21:00 larda, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi hamda tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Erkak farzandini 1,4 ming dollar va 10 million so‘mga sotayotgan vaqtda xodimlar tomonidan ushlangan.
I.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter