Toshkentda otasini urgan shaxsga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
26-iyun kuni Yunusobod tumanida 37 yoshli B.A. otasi 65 yoshli B.A. bilan janjallashish davomida unga tan shikastlari yetkazgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra 65 yoshli B.A.ga yengil darajadagi tan shikastlar yetgan.
Uning o‘g‘liga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi («Qasddan badanga yengil shikast yetkazish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter