Ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yganlar jarimaga solinadi
Prezident Qaroriga asosan (31.05.2023 yildagi PQ-171-son) 2023 yil 1 iyulga qadar umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘lishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida «Oqilona iste’mol» dasturi ishlab chiqiladi.
Ushbu dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:
- davlat organlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda oziq-ovqat iste’molinining oqilona me’yorini belgilash, ortiqcha iste’molni kamaytirish, shu jumladan bir shaxsga bir martalaik ovqatlanish me’yorini belgilash;
- umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar va iste’molchilarning oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan mas’uliyatini oshirish;
- aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish hamda me’yoridan ortiq iste’molni targ‘ib qilishni cheklash;
- isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy choralar qo‘llash va nazorat mexanizmlarini o‘natish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter