Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ttiz yil nohaq «o‘tirib chiqqan» erkak yana hibsga olindi

O‘ttiz yil nohaq «o‘tirib chiqqan» erkak yana hibsga olindi

Foto: CBS News.

O‘ttiz yil umrini qamoqda o‘tkazgan, so‘ngra aybsiz deb topilib ozod etilgan amerikalik yana qamaldi. Bu haqda CBC News xabar bermoqda. 

Floridalik 65 yoshli fuqaro sudyaning ilgari adolatsiz sudlanganligi haqidagi qaroriga qaramay, 17 aprel kuni qamoqxonaga qaytdi.

Dastlab sud amerikalikni 1990-yilgi qotillikda aybdor deb topdi, ammo 2018-yilda hukm bekor qilindi. Faqat 2021-yil aprel oyida erkak hibsxonani tark etdi.

Biroq, shtat rahbariyati uning ozod qilinishiga olib kelgan qaror ustidan yana shikoyat qildi va g‘alaba qozondi. Shunday qilib, ilgari xato deya e’tirof etilgan hukm qayta tiklandi.

«So‘nggi ikki yil hayotimdagi eng yaxshi yillar bo‘ldi. Oilamga qo‘shildim, nevaralarim bilan ilk bor tanishdim. Men o‘zimga juda yoqadigan yangi ishni o‘zlashtirdim. Hayotimni o‘zgartirgan yangi munosabatlarni boshladim. Qolgan yillarimni erkin va tinchlikda o‘tkazishni istardim», — deydi sobiq mahbus o‘z murojaatida.

Sudya u umrbod qamoq jazosini o‘tashi kerak degan qarorga keldi.

«Men xafa emasman, taslim bo‘lmayman», — deya qo‘shimcha qilgan keksa mahbus. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring