O‘ttiz to‘rt kishining nomiga qariyb 900 mln. so‘m kredit olgan «uddaburonlar» aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, fuqaro S.S. «R.L.» va «O.N» MChJlarni norasmiy ravishda yuritib kelib, ushbu jamiyat rahbarlari va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 34 nafar fuqarolarni go‘yoki mazkur jamiyat ishchilari sifatida rasmiylashtirib, ularning xabardorligisiz tijorat bank filiallari orqali «JOYDA» mobil ilovasi yordamida 897 mln so‘m onlayn kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, olingan kreditning 769,7 mln so‘mini qaytarmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter