Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘tiring, aytgan manzilingizga olib borib qo‘yamiz!» – yo‘lovchini «qaroqchi» urdi

«O‘tiring, aytgan manzilingizga olib borib qo‘yamiz!» – yo‘lovchini «qaroqchi» urdi

Foto: Tergov departamenti

Shu yilning 8 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 34 yoshli X.J. Toshkent shahri, Yashnobod tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga murojaat qildi.

Murojaatida u shu kuni soat 09:30da Toshkent xalqaro aeroporti yonida «Vodiy pitak»ga borish uchun «Lacetti» rusumli avtomashinaga o‘tirganligi, Yashnobod tumani TXAY ko‘chasida joylashgan Andijon viloyatiga harakatlanadigan yo‘lovchi mashinalar turargohiga yetib kelishganida, avtomashina haydovchisi va yonida bo‘lgan yo‘lovchisi uni mashinadan tushirib, birgalikda qo‘llarini ushlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, jami 800 AQSh dollari miqdoridagi pullarini ochiq-ochiqdan talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringanliklarini ma’lum qilib ushbu noma’lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 41 yoshli U.S. va Toshkent viloyatida yashovchi 36 yoshli Yu.A.lar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.S. va Yu.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlanishgan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring