O‘zbekiston «inomarka»larni asosan qaysi davlatlardan sotib olmoqda?
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston 34 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.
2022 yilda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 11 159 ta
- Koreya – 9414 ta
- Qozog‘iston – 7208 ta
- Rossiya – 1499 ta
- AQSh – 555 ta
- Yaponiya – 157 ta
- BAA – 128 ta
- Germaniya – 125 ta.
Avvalroq 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 702,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 27 526 ta yengil avtomobil import qilingani xabar berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter