O‘tgan yili elektr energiyasi o‘g‘riligi bilan bog‘liq 42 mingta «ish» qo‘zg‘atilgan
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish borasida 2023-yilda 53 mingga yaqin holatlar yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Natijada ularga nisbatan 1 037 ta jinoyat va 41 500 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan. Yetkazilgan zararning 581 mlrd so‘mi undirilgan.
Bosh prokuratura rasmiysining ma’lum qilishicha, birgina Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro Raximov, chet el fuqarosi bilan birgalikda mayning faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanib, elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganliklari oqibatida davlat manfaatlariga jami 1 mlrd 545 mln so‘m zarar yetkazgan.
«Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlangan», – deydi Shamsutdinov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter