O‘tgan yilgi qotilliklarning qariyb 40 foizi oilaviy nizolar sabab sodir etilgan
O‘tgan yili sodir etilgan qotilliklarning qariyb 40 foizi oilaviy nizolar oqibatida sodir etilgan. Bu haqda 28 fevral kuni Senatda bo‘lib o‘tgan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.
«Oilalardagi notinchlik, nizolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning e’tiboridan chetda qolganligi oqibatida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilmoqda», – deyiladi Senat munosabatida.
Jumladan, 2023-yilning 12 oyida sodir etilgan 363 ta qotillikning 141 tasi (38,8 foizi) oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan.
Qo‘mita majlisida misol tariqasida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil 17 yanvar kuni Samarqand viloyatida yashovchi, 2014 yildan buyon ruhiy kasalliklar kasalxonasida ro‘yxatda turuvchi, ruhiy kasal, 49 yoshli fuqaro uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan 2019-yildan buyon ruhiy kasalliklar kasalxonasida ro‘yxatda turuvchi 26 yoshli o‘g‘lini boshiga bolta bilan urib o‘ldirgan.
«Aynan shu kabi holatlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida yuz berayotgan jinoyatlarni kamaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas aniq choralarni belgilash lozimligini ko‘rsatmoqda», – deya ta’kidlanadi Qo‘mita majlisida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter