Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan hafta eng qimmat avtoraqam auksionda 305,9 mln so‘mga sotilgan

O‘tgan hafta eng qimmat avtoraqam auksionda 305,9 mln so‘mga sotilgan

4-10-sentyabr kunlari oralig‘ida 1 388 ta avtoraqamlar bo‘yicha autsion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 6 mlrd 80,3 mln so‘mni tashkil etdi.

Amalga oshgan bitimlarning 80 foiz ulushi jismoniy shaxslarga (4 mlrd 849,5 mln so‘mga teng 1 269 ta avtoraqam) va 20 foiz ulushi yuridik shaxslarga (1 mlrd 230,8 mln so‘mga teng 119 ta avtoraqam) to‘g‘ri kelgan.

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 4,4 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 305,9 mln so‘mni tashkil qildi.

Birja xabarlariga ko‘ra, ushbu davrda  avtoraqam.uzex.uz savdo tizimiga jami 7 572 ta avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joylashtirilgan bo‘lib, shundan 3 750 tasi jismoniy shaxslar uchun va 3 822 tasi yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, auksionda ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 579 507 nafarni tashkil etib, shulardan 554 564 nafari jismoniy shaxslar va 24 943 nafari yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring