Otasiga tahdid qilgan shaxs IIBga olib ketildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jomboy tumanida mast fuqaro uyida janjal ko‘tarib, haqoratlab, otasiga tahdid qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Samarqand IIB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 13 noyabr kuni soat 21:30 larda Jomboy tumani Eski Jomboy qishlog‘ida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro T.A. spirtli ichimlik iste’mol qilib, kuchli mastlik holatida o‘zining yashash xonadonida, yaqinlari bilan janjallashib, baqir-chaqir qilgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan profilaktika inspektori yetib borib, janjalning oldi olingan.
Fuqaro T.A. tuman IIBga olib kelinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter