Otabek Umarovdan bo‘shagan lavozimlarni Mahmudov va Qurbonov egalladi
Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi va Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi rahbarligi lavozimlaridan iste’foga chiqqani xabari berilgandi.
Bugun bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi va triatlon federatsiyasining qo‘shma yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar qilishicha, qo‘shma yig‘ilishda triatlon federatsiyasi raisligiga O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi Kotibi Viktor Mahmudov, MMA assotsiatsiyasi rahbarligiga esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov saylandi.
Eslatib o‘tamiz, Umarov Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasini o‘tgan yili noyabridan, triatlon federatsiyasi esa 2019-yil mart oyidan beri boshqarib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter