Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva urush changalidan olib kelingan bolakaylar holidan xabar oldi (foto)

Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva urush changalidan olib kelingan bolakaylar holidan xabar oldi (foto)

Foto: Otabek Umarovning telegram kanali

 Bu haqda Otabek Umarov o‘zining telegramdagi kanalida xabar berdi.

«Prezidentimiz @shmirziyoyevning qat’iy irodasi va sa’y-harakatlari bilan Iroq va Suriyadagi urush changalidan olib kelingan bolakaylar endi xavfsiz joyda. ⠀⠀

Ayolim bilan ular holidan xabar olib keldik. Bunga bir necha kun bo‘lganiga qaramay, xayolim o‘sha kunga qayta-qayta olib ketyapti. Bolakaylarning jajji qo‘llaridan ushlab, ko‘zlariga boqqanda poklik, mehr-muhabbat, nur ko‘rasan va tushunolmaysan kishi — nima uchun biz, kattalar dunyodagi yovuzlikni to‘xtata olmaymiz, nima uchun hamon atrofimizda o‘q ovozlari eshitilmoqda...⠀⠀

Bolaning begonasi bo‘lmaydi. Bu yorug‘ olamdagi go‘daklarning barchasi bizning farzandimiz. Ularning tabassumi va ko‘z yoshlari, quvonchi va qayg‘usi, buguni va ertangi kelajagi uchun ham barchamiz javobgarmiz», deb yozadi u.

Foto: Otabek Umarovning telegram kanali
Foto: Otabek Umarovning telegram kanali

Eslatib o‘tamiz, Prezident topshirig‘iga ko‘ra, «Mehr» operatsiyasi doirasida Suriya va Iroq hududidan avvaliga 156 nafar, so‘ng 64 nafar og‘ir sharoitda qolayotgan ayollar va bolalar O‘zbekistonga qaytarilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring