Otabek Umarov rossiyalik blogerga premium-klassdagi uchta avtomobil taklif qildi
Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi, Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Umarov rossiyalik avtobloger Erik Davidichga navbatdagi test-drayvni O‘zbekistonda suratga olishga ko‘maklashdi. Bu haqda Davidich o‘zining «Instagram»ida xabar berdi.
Avtobloger o‘zining navbatdagi shou-ko‘rsatuvini O‘zbekistonda suratga olishni maqsad qilgandi. Otabek Umarov unga premium-klassdagi «Mercedes AMG GT 4», «BRABUS Maybach 900» va «Bentley» avtomobillarini taklif qildi.
«Bizga yordam beradigan kishini topdik. U nafaqat bitta mashina, tanlab olish uchun variantlar taqdim etdi. Ko‘pchilik aytgandi, hoy, Davidich, sen O‘zbekistonda hech narsa topa olmaysan, deb. Rahmat sizga, @otabek_muhammadalievich», deb yozadi bloger.
Davidich — taniqli videobloger bo‘lib, uning «YouTube»dagi roliklari million martalab ko‘riladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter