Otabek Umarov biryo‘la ikki lavozimdan iste’foga chiqdi
Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi va Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi rahbarligi lavozimlaridan iste’foga chiqdi.
Bu haqida federatsiya va assotsiatsiya vakillariga tayanib Gosportuz nashri ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Umarov Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi rahbarligiga o‘tgan yili noyabr oyida kelgan edi. 2019-yil mart oyidan beri esa triatlon federatsiyasi rahbari vazifasini egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter