Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ta xavfli retsidivist qamoqdan chiqishi bilan akasining boshiga yetdi

O‘ta xavfli retsidivist qamoqdan chiqishi bilan akasining boshiga yetdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir qilgan sudlanuvchiga nisbatan ish ko‘rib chiqildi.

1979-yilda tug‘ilgan ushbu shaxs muqaddam olti marotaba sudlangan. U qamoqdan chiqqanidan keyin akasi bilan uy ustida janjallashib qoladi. Akasi unga uyni sotish taklifini beradi. Ukaning maqsadi esa uyga to‘liq o‘zi ega chiqish edi. Kelishmovchilik oqibatida xavfli retsidivist spirtli ichimlik ta’sirida akasini ayovsiz kaltaklab o‘ldiradi. Voqea 2023-yilning 19-fevral kuni sodir bo‘lgan.

Sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, marhum bosh miya yopiq jarohati, bosh miya to‘qimalari va pardalari ostida qon quyilishi, shuningdek, ko‘krak qafasi va ikki tomonlama qovurg‘alar sinishi, o‘pka va buyrak lat yeyishi, taloqning yorilishi va boshqa tan jarohatlaridan vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining hukmi bilan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «j, s» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxsga 85 505 000 so‘m jarima va 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring