Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-onasiz qolgan 43 nafar voyaga yetmagan bola xorijdan olib kelindi – Ombudsman

Ota-onasiz qolgan 43 nafar voyaga yetmagan bola xorijdan olib kelindi – Ombudsman

2022-yil davomida Rossiyadan 37 nafar, Qozog‘istondan 4 nafar, Turkiyadan 2 nafar voyaga yetmaganlar, jami 43 nafar bola O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-yil maboynida Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risida jami 696 ta murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlar Ombudsman o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan to‘liq nazoratga olingan. 374 ta murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilgan. Jumladan, 64 ta murojaatlar qanoatlantirilgan, 310 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Aliment olish huquqiga doir 29 ta murojaat bo‘yicha 2022 yil davomida Bosh prokuratura tomonidan 71 nafar tarbiyalanuvchilarga ota-onalaridan 389,3 mln so‘m aliment undirib berilishi ta’minlangan.

Shuningdek, 2021-2022-yillarda jami ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan 21 ta bolalar muassasasi faoliyati tugatildi.

Respublika bo‘yicha jami 139 ta oilaviy bolalar uylari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 822 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

O‘zbekistonning bolalar va ayollarni nizoli hududlardan olib kelish va ularni jamiyatga moslashtirish bo‘yicha tajribasi xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Ushbu tajribani o‘rganish maqsadida mamlakatga Qirg‘iziston, Turmaniston, Maldiv Respublikalarining delegatsiyalari tashrif buyurdi.

Yil davomida Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi Bola huquqlari bo‘yicha vakillari tomonidan 15 ta murojaat qabul qilinib, barchasi ijobiy hal etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring