Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi ota-onalarga murojaat qildi

Xalq ta’limi vazirligi ota-onalarga murojaat qildi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq ta’limi vazirligi ta’lim ikki xil shaklda bo‘lishini inobatga olib, ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.

Hammamiz koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq ba’zi qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqdamiz. Hozirgi vaqtda oldimizda bolalarimizga o‘quv yilining boshlanishi bilan bog‘liq psixologik to‘siqlarni yengish vazifasi turibdi.

Ta’lim ikki xil shakda bo‘lishini inobatga olsak, ikki holatda ham bolalar qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladi. Birinchi holda, uning sinfdoshlari odatdagidek maktabga borishi bilan bog‘liq, boshqa holatda, bolaning yaqin do‘sti masofadan turib o‘qishi. Noqulaylikning bunday sabablari juda ko‘p.

Siz bilan bizning vazifamiz bolaga qiyin inqiroz holatida yordam berishdir.

Ota-onalar, bolalarning yaqinlari, uyda bo‘lganlarida, bolaga qiyin vaziyatlarni yengish, ularga qarshi kurashish ko‘nikmalarini singdirishi va mumkin bo‘lgan stressni yengishga o‘rgatishi mumkin.

Buning uchun ota-onalarga quyidagilar kerak:

Oilada qulay, xotirjam va xayrixoh muhitni saqlash va rivojlantirish. Qiyin vaziyatlarda vahima qo‘zg‘amaslik, xavotirga tushmaslik kerak. Oila a’zolarining xayrixohligi va xotirjamligi bolaga ishonch berish va vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi.

Muntazam ravishda farzandingiz bilan uning hissiyotlari, xavotirlari bilan bog‘liq mavzularda suhbatlashing. Yaqin va uzoq kelajakni muhokama qilishni unutmang. Farzandingiz bilan suhbatlashib, uning kelajak istiqbollarini yaratishga harakat qiling (lekin majburan emas).

Tajribalaringiz, fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing, hayotiy voqealarni aytib bering (shu jumladan o‘zingiz va do‘stlaringiz qiyin hayotiy vaziyatlarni yengib o‘tganingiz haqida).

Oddiy yurakdan suhbat bolada o‘ziga ishonch tuyg‘usi ortishiga olib kelishi mumkin. Hamdard bo‘ling, hozir unga qanchalik qiyinligini tushunishingizni ayting. Ota-onasining ko‘magi va hamdardligini his qilgan bolalar stressni muvaffaqiyatli yengadi.

Bolani o‘z his-tuyg‘ularini ijtimoiy maqbul shakllarda ifoda etishga o‘rgating (tajovuzni - faol sport turlari, uyda yoki ko‘chada o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan jismoniy mashqlar; xavotirlarini – yaqinlari bilan suhbat orqali).

Bola (ayniqsa, o‘spirin) uchun ko‘pincha o‘z tajribalarini ota-onalari yoki tengdoshlari bilan baham ko‘rish qiyin kechadi. Shu maqsadda bolangizni daftar ochishga taklif qiling, unda u o‘z xavotirlari haqida yozadi. Hissiyotlarni qog‘ozga tushirgandan so‘ng, u mumkin bo‘lgan salbiy fikrlardan xalos bo‘lib, yengillashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring