Ota 6 yoshli qizini o‘ldirib, jasadini dengizga uloqtirdi
Ispaniyada ota 6 yoshli qizini o‘ldirib, jasadini dengizga uloqtirdi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi xabar bermoqda.
6 yoshli Oliviya aprel oyining oxirida bedarak ketgan. O‘shanda ota uni va bir yoshli singlisi Annani o‘g‘irlab, sobiq xotiniga qo‘ng‘iroq qilgan va qizlarini boshqa ko‘rmasligini aytgan. Bolaning jasadi langar bog‘langan sport sumkasidan chiqqan. Qutqaruv uskunalari Oliviyaning jasadi topilgan joy yaqinida xuddi shunday yana bir sumkani aniqladi.
Ushbu hodisa ispanlarni larzaga soldi. Jumladan, mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches voqea haqida gapirdi.
Pandemiya fonida mamlakatda oilaviy zo‘ravonlik va genderga oid qotillik holatlari soni sezilarli darajada oshdi. Bularning barchasi, gazeta ta’kidlaganidek, ispanlarni «shoshilinch mitinglar» o‘tkazishga undadi.
11-iyun oqshomida butun mamlakat bo‘ylab oilaviy zo‘ravonliklarga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter