«Oskar»chi ssenariynavis vafot etdi
Britaniyalik dramaturg va eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy uchun «Oskar» mukofoti sovrindori Ronald Xarvud 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda oilasining ma’lumotlariga tayanib «Telegraph» nashri xabar berdi.
Ssenariynavis yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, Xarvud seshanba kuni Sasseksdagi o‘zining uyida olamdan o‘tgan.
Xarvud 2003-yilda «Pianinochi» filmi uchun «Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy» nominatsiyasida «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘lgan, 2008-yilda esa u «Skafandr va kapalak» filmiga yozgan ssenariysi uchun BAFTA mukofotini qo‘lga kiritgan. 2010-yilda ssenariynavis ritsarlik unvonini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter