Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oskar» olgan film ko‘chirmakashlikda gumon qilinyapti (video)

«Oskar» olgan film ko‘chirmakashlikda gumon qilinyapti (video)

«Ikki uzoq notanish».

Foto: «Netflix»

2021-yilda «Oskar» olgan «Ikki uzoq notanish» qisqa metrajli filmi plagiat mahsuli bo‘lishi mumkin. Rejissyor va va ssenarist Sintiya Kao ushbu filmning syujeti boshqa filmlardan olingan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda, deb yozadi «What’s on Netflix».

«Ikki uzoq notanish» — hayotidagi eng yomon kunga tushib qolgan erkak haqida.

Rejissyor Kao 2016-yilda suratga olgan «Qora tanli uchun sug‘ur kuni» filmida (kinoparodiya) esa onasi bilan uchrashuvga oshiqayotgan bosh qahramonning yo‘lini doim politsiyachi to‘sib chiqaveradi, vaqt tuzog‘iga tushib qolganini u oxirida tushunadi. 

Eng qizig‘i, Kaoning filmini 2020-yil may oyida «NowThis News» YouTube-kanaliga joylashtirgan jamoa «Oskar» olgan «Ikki uzoq notanish» filmiga prodyuserlik qilgan.

Hech kimni ayblamoqchi emasligini ta’kidlagan Sintiya Kao shunchaki taajjubda, qanday qilib bunday bo‘lishi mumkin.

«Qora tanli uchun sug‘ur kuni» filmidan lavha:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring