«Oskar» olgan ilk afroamerikalik vafot etdi
Afroamerikaliklar orasida birinchi bo‘lib «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘lgan aktyor — Sidni Puatye 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda «The Hollywood Reporter» jurnali xabar berdi.
Sidni Puatye 1964-yili «Dala nilufarlari» (Lilies of the field, 1963) filmidagi roli uchun «Eng yaxshi erkak aktyor» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. O‘sha yili xuddi shu roli uchun «Oltin globus» mukofti bilan ham taqdirlangan. Bundan tashqari, Puate uch karra Genriyetta mukofoti (1969, 1970, 1971), Sesila B. De Millya nomidagi mukofot (1982) hamda faxriy «Oskar» mukofoti (2002) laureati sanaladi.
Puatye aktyorlik faoliyati davomida 40 dan ziyod filmlarda suratga tushgan. Ayniqsa, «Egilmas boshlar» (The Defiant Ones, 1968), «Porgi va Bess» (Porgy and Bess, 1959), «Yarim tundagi jazirama» (In the Heat of the Night, 1967) singari kinoasarlardagi rollari bilan mashhur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter