Oskar De La Xoyya boksga qaytmoqda

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, amerikalik Oskar De La Xoyya o‘z sportchilik faoliyatini qaytadan boshlashini ma’lum qildi.
MMA jangchisi Ben Askren va videobloger Jeyk Pol o‘rtasidagi boks bellashuvi (aprelda o‘tkaziladi)ga bag‘ishlangan tadbirda qatnashgan De La Xoyya 3-iyul kuni o‘z jangini o‘tkazishini e’lon qildi. 48 yoshli sportchi raqibining kimligini oshkor qilmagan.
De La Xoyya bungacha ham mashg‘ulotlarni boshlab yuborganini ma’lum qilgandi. Aytishicha, uni 54 yoshli Mayk Taysonning ringga qaytishi ilhomlantirib yuborgan.
Ma’lumot uchun: Oskar De La Xoyya sportchilik faoliyatini 13-yil ilgari yakunlagan edi. 2008-yili filippinlik Menni Pakyaodan mag‘lub bo‘lgandi. Olti vazn toifasida jahon chempionligiga erishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter