Osiyo o‘yinlari. Yana bir kumush va bronza qo‘lga kiritildi
XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston hisobiga yana bir kumush va bronza medali qo‘shildi.
Taekvondo musobaqasining -58 kg vazn toifasidagi janglarida Niyoz Po‘latov finalga qadar yetib bordi va hal qiluvchi bahsda janubiy koreyalik Kim Tayxunga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. U kumush medal sohibi bo‘ldi.
Biroz avvalroq -67 kg vazn toifasida Nigora Tursunqulova yarim finalgacha yetib borib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston ayni vaqtda 6ta medal umumiy reytingda yettinchi o‘rinda bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter