Osiyo o‘yinlari. Sabina Toshkenboyeva kumush medalni qo‘lga kiritdi

Indoneziyada davom etayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik bahslarida qatnashgan Sabina Toshkenboyeva kumush medal sohibiga aylandi.
Gimnastikachimiz to‘rtta chiqishda umumiy 65.850 ball to‘pladi.
Osiyo o‘yinlari oltin medalini 66.800 natijasi bilan qozog‘istonlik Alina Odilxonova qo‘lga kiridi. Xitoylik Yating Zao 3-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik boshqa bir badiiy gimnastikachi Nurinisso Usmonova esa 4-pog‘onaga joylashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter