Osiyo o‘yinlari. Bugun bokschilarimiz bahslarga kirishadi

Indoneziya poytaxti Jakartada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bellashuvlariga bugun, 24-avgust kuni start beriladi.
Boks bellashuvlarining ilk kungi janglarida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Bu bokschilar o‘z ishtiroklarini saralash bahslaridan boshlaydi.
+69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobo-Usmon Boturov birinchi jangini mo‘g‘ilistonlik Otganbayar Byamba-Erdenega qarshi o‘tkazadi.
Vakilimiz ishtirokidagi ikkinchi qarama-qarshilikda Yodgoroy Mirzayeva -57 kg vaznda Xitoy Taypeyi vakili Xsiaoven Xuangni sinovdan o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter