Osiyo chempionlariga berilgan «Malibu»lar uchun pul talab qilishgani rostmi?
Shu kunlarda turli ommaviy axborot vositalarida Xitoyda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan mukofotlar — «Malibu» avtomashinalari hali rasmiylashtirilmagani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, futbolchilarga topshirilgan «Malibu»lar Prezident sovg‘asi bo‘lib, bu avtomashinalar uchun qandaydir to‘lov talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q.
Aksincha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbolchilarning xayolini bo‘lajak musobaqalardan chalg‘itmaslik, bor e’tiborlarini mashg‘ulotlarga qaratishlari uchun avtomashinalarni futbolchilar nomiga rasmiylashtirish bilan bog‘liq barcha to‘lovlarni o‘z zimmasiga olgan.
Avvalroq turli OAV orqali mazkur avtomobil uchun futbolchilardan pul talab qilinayotgani haqidagi xabarlar «bolalab» ketgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter