Osiyo chempioni bo‘lgan «qo‘qonlik Messi» «Qo‘qon-1912»da qoladi
«Qo‘qon-1912» jamoasi bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan G‘iyos Komilov, Igor Taran, Muzaffar Abdullayev, O‘tkir Yusupov hamda Darko Gojkovich qo‘qonliklar bilan bir mavsumlik shartnoma imzolagan.
E’tiborlisi, Osiyo chempioni Javohir Siddiqov jamoadan ketmaslikka qaror qilgan.
«Ko‘pchilik muxlislarimiz Osiyo chempioni Javohir Sidiqovning taqdiri bilan qiziqib, bizga murojaat qilishmoqda. Muxlislarimizning xavotirlariga o‘rin yo‘q.
Javohirning jamoamiz bilan amalda shartnomasi mavjud. Kelayotgan mavsumda ham qo‘qonlik «Messi» o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan siz aziz muxlislarimizni xursand qilishni maqsad qilgan. Osiyo chempionatidan so‘ng biroz hordiq chiqargan futbolchimiz kechadan mashg‘ulotlarga kirishdi», — deb yozmoqda klub rasmiy sayti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter