Osiyo chempionati. Bokschilarimiz yo‘qotishsiz yarim finalga chiqishdi

Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Kecha musobaqaning uchinchi kungi janglarida 6 nafar hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasini hal qilishdi.
-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Ramish (Afg‘oniston) 5:0
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Abdurahmon Yoqubov (Tojikiston) 5:0
-69 kg: Bobousmon Baturov - Rustambek Nuradin Uuli (Qirg‘iziston) 5:0
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Begjigit Omurbek Uulu (Qirg‘iziston) 5:0
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov - Nassir Said (Qatar) texnik nokaut
+91 kg: Bahodir Jalolov - Siyovush Zuxurov (Tojikiston) raqib ringga ko‘tarilmadi.
Bunga qadar Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg:), Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg), Elnur Abduraimov (-64 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg) yarim final masalasini hal qilgandi.
Shu tariqa, turnirga yo‘l olgan O‘zbekiston erkaklar jamoasining barcha a’zolari yarim finalga chiqishdi. Qo‘shni Qozog‘istonning 6 nafar erkak bokschisi bu bosqichga yetib kelishdi, 4 nafari esa musobaqa bilan ertaroq xayrlashishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter