Osilgan holda topilgan ayolning eriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi kelin o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilingan.
Aniqlanishicha, 2022 yil 27 iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Tayloq tumani, «Bog‘izag‘on» mahallasida yashagan 31 yoshli kelin I.G. o‘zini yashash uyi mehmonxonasida kiyim ilgichga ayollar ro‘moli bilan o‘zini o‘zi osib joniga qasd qilgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limi osilishda bo‘yin a’zolarini sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, shuningdek marhumaning tanasida yengil tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Tayloq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, marhuma G.I.ning turmush o‘rtog‘i X.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tergov ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter