Oshpazlik kasbi tarixda qoladimi? To‘liq robotlashtirilgan restoran ishga tushdi (video)
Massachusets texnologiyalar institutining (MIT) to‘rt nafar talabasi bosh oshpaz, «Michelin» sohibi Daniyel Bulud bilan birgalikda to‘liq robotlashtirilgan dunyodagi ilk restoranni ochdi, deb xabar beradi «Hi-News».
Restoran Bostonda joylashgan va «Spyce» nomini olgan. Uning ishlash prinsipi quyidagicha: restoran oshxonasi 7 ta avtonom blokdan iborat bo‘lib, ulardan har biri ma’lum ovqatni tayyorlaydi. Ular tarqatuvchi va baraban tizimi bilan birlashtirilgan. Restoranga kelgan mijoz faqatgina o‘zi tanovvul qilishni istagan taomni tanlashi kerak. Shundan so‘ng avtonom modullar ovqat tayyorlashni boshlaydi. «Spyce» taomlarni isitishda magnit induksiya yordamida ishlovchi pechdan foydalanadi. Har safar taom tayyorlangach, plita tozalanadi.
«Spyce» restoranida faqat ikki nafargina oshpaz ishlaydi, ular asosan mashinalar faoliyatini kuzatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter