Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oshiq» yigitni sharmanda qilish va o‘lim bilan qo‘rqitgan shaxs qo‘lga olindi

«Oshiq» yigitni sharmanda qilish va o‘lim bilan qo‘rqitgan shaxs qo‘lga olindi

Shu yilning 4-yanvar kuni Chortoq tumanida yashovchi 27 yoshli I.A. Namangan viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Unda 2021-yil noyabr oyida Chortoq tumanida 20 yoshli A.D. bilan tanishib qolib, telefon orqali gaplashib yurganligini, 2021 yil 30 dekabr kuni esa 29 yoshli A.M. unga qo‘ng‘iroq qilib, u tanishib va gaplashib yurgan qiz, uning shar’iy nikohdagi xotini ekanligini aytgan. A.M shu kuni 3 nafar tanishlari bilan birgalikda u bilan ko‘rishib, 7.000.000 so‘m pul talab qilib, pullarni bermasa mahallasiga borib, sharmanda qilib, keyin o‘ldirish bilan qo‘rqitib kelayotganligini ma’lum qilib,ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu kunning o‘zida, mazkur ariza yuzasidan Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, A.M. Chortoq tumani markazida o‘zining tanishi orqali kimyoviy ishlov berilgan 5.100.000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring