Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orzular albatta ushaladi: Mobiuz abonenti BYD avtomobilini yutib oldi

Orzular albatta ushaladi: Mobiuz abonenti BYD avtomobilini yutib oldi

Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi ayol «MobiDRIVE» aksiyasi doirasida Mobiuz mobil operatoridan avtomobilni qo‘lga kiritdi.

Mobiuz o‘zining 10 yillik yubileyi munosabati bilan abonentlarini keng ko‘lamli aksiyalar va yorqin tadbirlar bilan quvontirishda davom etmoqda. Ulardan biri – uchta BYD Song Plus Champion avtomobilini yutib olish imkoniyatini beruvchi «MobiDRIVE» aksiyasidir. Aksiya bo‘yicha ilk avtomobil Navoiy viloyatidan bo‘lgan Munisa Murodillayevaga nasib qildi.

«MobiDRIVE» aksiyasi Mobiuzning ham yangi, ham amaldagi abonentlari o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Yangi abonentlar ishtirok etishlari uchun yangi raqamni oylik abonent to‘lovi 35 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan istalgan tarif rejasiga (jismoniy shaxslar uchun) ulashlari kerak. Amaldagi abonentlar esa xuddi shunday tarif rejalarida *2024# USSD-kodini terib, aksiya ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.

Birinchi BYD avtomobili 2024-yil 1-iyundan 31-avgustgacha aksiya shartlarini muvaffaqiyatli bajargan ishtirokchilar o‘rtasida o‘ynaldi. G‘olib Mobiuzning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari jonli efirida onlayn tasodifiy tanlash tizimi yordamida aniqlandi.

Munisaning aytishicha, uning turmush o‘rtog‘i aksiya haqida bilgan va unga Mobiuzga ulanishda yordam bergan. Abonent 31 avgustda, ya’ni aksiyaning birinchi bosqichda ishtirok etishning so‘nggi imkoniyati kuni ulangan. Ular buning uchun Navoiy viloyatidagi Mobiuzning tijorat hamkorining savdo shoxobchalaridan biriga murojaat qilishgan.

«Kompaniyadan qo‘ng‘iroq qilib, jonli efirda g‘alaba haqida xabar berishganida, ishonolmay qoldim! Bu tasavvur qilib bo‘lmaydigan hayajon edi. Bunday kutilmagan sovg‘a uchun Mobiuzdan minnatdorman. Bu avtomobil hayotimni o‘zgartiradi va men kompaniyaning 10 yilligining bir qismiga aylanganimdan xursandman», - deydi Munisa, o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlasharkan. Uning intervyusini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin:

Mobiuz Navoiy viloyatida g‘olib abonent ulangan savdo nuqtasiga egalik qiluvchi tijorat hamkorini ham e’tibordan chetda qoldirmadi. «Kamoliddin Media» xususiy korxonasi rahbari va uning xodimi kompaniya rivojiga qo‘shgan hissasi uchun pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mobiuz «MobiDRIVE» aksiyasi davom etayotgani va BYD Song Plus Champion avtomobillari o‘zlarining baxtli egalarini kutayotganini eslatib o‘tadi. Ikkinchi avtomobil 12 dekabr kuni soat 15:00 da Mobiuzning Instagram-akkaunti va YouTube-sahifasi orqali jonli efirda o‘ynaladi.

«MobiDRIVE» aksiyasi nafaqat avtomobil yutib olish imkoniyatini beruvchi, balki kompaniyaning o‘z abonentlariga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatuvchi vositadir. Mobiuz har bir mijoz o‘zini o‘zgacha his qilishi, kompaniya xizmatlari esa yanada qulay va yoqimli bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.

Kompaniya barcha abonentlarga ishonch va qo‘llab-quvvatlayotganliklari uchun minnatdorlik bildiradi. Operator erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaydi va qiziqarli takliflar, aksiyalar hamda manfaatli tariflar bilan xursand qilishni davom ettiradi.

«MobiDRIVE» aksiyasining batafsil shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://mobi.uz/uz/discounts/discounts/86477/

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring