Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Milliy universitet ko‘chirilishidan hokimiyatning xabari yo‘q»
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hokimiyat O‘zMU va Toshkent davlat texnika universitetlarining shahardan tashqariga ko‘chirilishidan bexabarligini aytdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.
J.Ortiqxo‘jayev bu to‘g‘risida ayni damda shahar hokimligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilgan.
Avvalroq, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Tursun Ahmedov shahardagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetlari shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkinligini aytgandi.
Ahmedov yirik shaharlarda oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari joylashuvini to‘g‘ri tashkil etish xususida gapirayotib, bu ma’lumotni oshkor etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter