Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ortiqxo‘jayev & «Kun.uz». Senat jim. Nega?

«Ortiqxo‘jayev & «Kun.uz». Senat jim. Nega?

Foto: «Uza.uz»

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning haqorat va tahdidlarga to‘la audosi tarqalishidan kelib chiqqan mojaro yakuniga yetdimi? Garchi «tomonlar bir-birini tushunib, o‘zaro murosaga kelgan» bo‘lsa-da, masala tor doiradan chiqib bo‘ldi. Unga «shaxsiy masala» emas, balki ulkan ijtimoiy muammo sifatida qaralib (aslidayam shu-da!), yechim ham shu mezonlar asosida topilmog‘i shart. Hokimning tahdidi xalqaro miqyosda qoralanayotgani esa muammo zalvorini yana bir bor ko‘rsatib turibdi.

To‘g‘ri, Bosh prokuratura bayonot berib, «audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar» o‘rganilayotganini bildirdi. Biroq prokuratura xulosasini kutmayoq audioovozlar J.Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani aniq bo‘lib ulgurdi.

Shu o‘rinda hokimning haqorat-u tahdidlariga AOKA, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, hatto siyosiy partiyalargacha munosabat bildirganini eslatib, asosiy gapga o‘tsak.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati jim?! Vaholanki, Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt hokimiligidan tashqari Senat a’zosi rutbasiga ham ega.

Esingizdadir, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning videoselektordagi diniy e’tiqod bilan bog‘liq «nutqi» jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgandi. O‘shanda Tanzila Norboyeva boshchiligida Senatning Reglament va odob komissiyasi favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, «Shuhrat G‘aniyev masalasi»ni ko‘rib chiqqandi. Senatning G‘aniyevga ko‘rgan chorasi — alohida masala. Biroq quyushqondan chiqavergan amaldorning Senat darajasida muhokama qilinishi O‘zbekiston uchun yangilik edi-da. «Rahbarman deb chegaradan chiqish, odob-axloq qoidasiga rioya qilmaslik, «Men hamma narsani qilaveraman», degan dunyoqarash noto‘g‘ri», degan Tanzila Kamalovna «bunday xabarlar mamlakat obro‘yiga putur yetkazmay qolmasligini» ham alohida ta’kidlagandi o‘shanda.

Shuhrat G‘aniyevning o‘sha «nutqi» Jahongir Ortiqxo‘jayevning tahdidi oldida holva!

Shunga qaramay Senat jim. Nega?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring