Ortiqcha vazn va koronavirus: nega semiz bemorlarda kasallik og‘ir kechadi?
Nima uchun semizlik tashxisi bor bemorlarda koronovirus og‘ir kechmoqda?
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova bu masalaga e’tibor qaratdi.
To‘qimalar va organlarda ortiqcha yog‘ borligi semizlik deyiladi. Bu dard sog‘liqni saqlash sohasidagi eng jiddiy muammolardan biri bo‘lib, uning zaminida yuzaga kelgan kasalliklardan har yili taxminan 2,5 million kishining bevaqt vafot etishiga sabab bo‘ladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, tana vaznidan ortiqcha har 10 kilogram insonning umr ko‘rish muddatini 3 yilga qisqartiradi. Semizlikning bir necha turlari bor: birlamchi, gipotalamo va endokrin.
Birlamchi semizlik tez-tez ortiqcha yegulik yeyish bilan va zarur jismoniy faoliyat yo‘qligi bilan rivojlanadi. Gipatalomo semizlikda miyaning gormonlar ishlab chiqarishi buzilganda rivojlanadi. Endokrin semizlikda organizmdagi bezlar buzilishi fonida shallanadi.
Semizlik natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi: qandli diabetning 2 turi, saraton, og‘ir yurak qon tomir kasalliklari, tomirlarning varikoz kengayishi, qo‘shma kasalliklar va boshqalar. Ushbu davrda organizmda modda almashinuvi buziladi.
Semizlik tashxisi bor bemorlar koronovirusga chalinsalar, ularning hamrox kasalliklari ham zo‘rayadi va organizm kurashish qobiliyati susayadi. Ular bunday davrda barcha infeksiyalarni yuqtirishga moyil bo‘lib qoladilar. Shuning uchun bunday kasallarda kasallik ko‘pincha og‘ir kechadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter