Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orollarda joylashgan davlat koronavirusga qarshi kurashning yangicha usulini o‘ylab topdi

Orollarda joylashgan davlat koronavirusga qarshi kurashning yangicha usulini o‘ylab topdi

Foto: «Globallookpress.com»

Indoneziya hukumati koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashga jinoiy guruhlarni jalb etmoqchi, deb yozadi «The Straits Times».

Milliy politsiya boshlig‘i o‘rinbosari general Gatot Eddi Pramononing so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari harbiylar va politsiyachilar soni yetishmaganligi bois shunday qarorga kelishgan. Ularning fikricha, jinoyatchilar aholini tartibga solishga yordam beradi: masalan, odamlarning niqob taqishi, ijtimoiy masofaga amal qilishini kuzatishadi. Politsiyachilar jinoiy guruh a’zolari o‘z vazifasini suiiste’mol qilmasligi hamda inson huquqlarini buzmasligini nazorat qilishadi.

«Biz jinoyatchilarni yollamaymiz, shunchaki muayyan vazifalarni bajarishga jalb qilamiz. Bu jamoatchilikni xabardor qilishning bir usuli. Lekin bu jinoyatchilarning qonunni ta’minlayotganini anglatmaydi», — deya ta’kidladi Pramono.

Ayrim siyosatchilar politsiyaning taklifiga keskin qarshi chiqishdi. Ular bunday tashabbus samara bermasligidan xavotirda: odamlar jinoyatchilarga ishonishmaydi, shu bois ularning hatto foydali tashabbusiga ham xavotir bilan qarashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring