Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr kompaniyasi O‘zbekistonga sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi

Misr kompaniyasi O‘zbekistonga sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi

AKT vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev va «Orascom Telecom Holding» kompaniyasi boshqaruvi rahbari Najib Saviris.

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 14-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati ishtirokida Misr Arab Respublikasining «Orascom Telecom Holding» kompaniyasi boshqaruvi rahbari Najib Saviris bilan muzokara bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

Misrlik biznesmen 14-16-mart kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatimiz AT-sanoatining salohiyati, yaqin istiqboldagi rejalar bilan tanishmoqda.

Najib Saviris uchrashuvda O‘zbekistonning telekommunikatsiya sohasiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan, «Orascom Telecom Holding» bilan AT-infratuzilmasini rivojlantirish, xususan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan kelishuvlarni amalga oshirish, sarmoya kiritish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Yurtimiz bo‘ylab safari davomida Najib Savirisning Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga tashrifi reja qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Orascom Telecom Holding» kompaniyasi jahonning qator mamlakatlarida, jumladan Buyuk Britaniya, Pokiston, Iordaniya va boshqa davlatlarda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring